Xizmatlar
Bizning xizmatlarimiz
Autsorsing
Quyidagi turdagi autsorsing xizmatlarini taklif etadi: Moliyaviy menejment (soliq hisoboti; buxgalteriya hisobi) IT qo‘llab-quvvatlash, ma'lumotlar tahlili.
Logistika
Xalqaro va mahalliy hamkorlarga logistika xizmatlarini taqdim etish. Logistika xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan transferlar, treninglar, kofe-breyklar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etishda texnik yordam ko‘rsatish.
Tadbirlar tashkil etish
Mansabdor shaxslar, professional uyushmalar va jamoat tashkilotlari ishtirokida davra suhbatlari, konferensiyalar, vebinarlar, treninglar, seminarlar tashkil etish.
Tarjima xizmatlari
Ingliz tilidan rus, o‘zbek, tojik,qozoq, turkman tillariga yozma va og‘zaki tarjimalar, shuningdek ushbu tillardan ingliz tiliga tarjimalar.
Kattalar ta'limi
Kattalar uchun treninglarni tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan, uzluksiz professional rivojlanish dasturlari, o‘qituvchilar va ta'lim muassasalari rahbarlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash.
Tadqiqot olib borish
Mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha ta'lim va mehnat bozorida tadqiqotlar va tahlillar olib borish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.