Ekspertlar
Bizning ekspertlarimiz

Ilmiy xodim (kasb-hunar ta’limi sohasida). NQF, ISCED (UNESCO), Ta‘lim sifatini ta’minlash sohalarida xalqaro tajribaga ega mutaxassis. Kontent ishlab chiqaruvchisi. Loyihalar bo’yicha menejer. Mahorat & Management tashkiloti hammuassisi. Xalqaro va milliy loyihalarda 18 yillik konsalting tajribasiga ega.

Pedagogika fanlari doktori. Ta’lim tizimining sifati bo‘yicha 20 yildan ortiq ish stajiga ega mutaxassis. Ta’lim dasturlari va tizimlari sifatini ta’minlash bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis va trener. Kontent ishlab chiqaruvchisi. Loyihalar bo‘yicha menejer. “Mahorat & Management” tashkilotining boy konsalting tajribasiga ega, menejmentda sifatni ta’minlashga tizimli yondashuv sifatida inson resurslarini rivojlantirishni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, mahalliy ta’lim tashkilotlarining barqaror rivojlantirishi uchun ta’lim tizimlarida o‘qituvchilar va xodimlarning malakasi standartlarini belgilash bo‘yicha yetakchi ekspert.

MBA darajasiga ega. Biznesni rivojlantirish, ta’lim, malaka va inson kapitalini rivojlantirish sohasida xalqaro tashkilotlarda 20 yildan ortiq tajribaga ega. Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda donorlar va xalqaro kredit agentliklari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni boshqarish va maslahat berish boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega.

Mahorat & Management tashkilotining milliy eksperti. Raqamli mahsulotlarni yaratish va joriy etishda 10 yildan ortiq tajribaga ega. Uning texnologiya olamiga sayohati Kaliforniya, Silikon vodiysidagi ma’lumotlar dunyosi bilan tanishishdan boshlandi. U biznes va odamlar uchun sifatli texnologik yechimlarni taqdim etish ishtiyoqiga ega texnologik tadbirkor.

Sadokat ko‘p yillar davomida kadrlar va rekruting sohasida ishlaganidan so‘ng UI / UX dizayn sohasiga o‘tdi. Odamlarga o‘z muammolarini hal qilishda g‘ayrat bilan yordam beradi va eng yaxshi natijaga erishadi. U dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri — Appleda ishlash tajribasiga ega. U odamlarga o‘z g‘oyalarini oddiy, jozibali va uyg‘un mahsulotlarga aylantirishga yordam berishga intiladi.

Mahorat & Managementning yosh milliy ekspertlaridan biri. Ta’lim sohasi vakili. Mutaxassiligi bo‘yicha filolog (lingvist). Faoliyatidan kelib chiqib uchta yo‘nalishda nodavlat, davlat va xususiy sektorda katta ish tajribasiga ega mutaxasis. O‘zbek-Yapon markazi (UJC)ning Professional boshqaruv dasturi PMP-29 intensiv kursi tinglovchisi. 2014-yildan beri UzTEAning faol aʼzosi va “Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” (YLDP)ni tashkilotchilaridan biri. Ta’limda boshqaruvning xalqaro standarti ISO 21001 bo’yicha Lead Implementer. Jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yaratishda doimo yangi imkoniyatlar izlaydigan professional mutaxassis.




