Slovakiya elchixonasi vakillari ishtirokida "O'zbekiston-Slovakiya o'rtasida yoshlarning aloqalarni mustahkamlashdagi roli
Slovakiya elchixonasi vakillari ishtirokida "O'zbekiston-Slovakiya o'rtasida yoshlarning aloqalarni mustahkamlashdagi roli
2025 yilning 13-mart sanasida Mahorat&Management tashkilotida Slovakiyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirokida "O'zbekiston-Slovakiya o'rtasida o’zaro aloqalarni mustahkamlashda yoshlarning ishtiroki" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Ikki mamlakat yoshlarining kelajakdagi hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari muhokama qilindi, tajriba almashildi va o’zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.
Shuningdek, davra suhbari davomida Slovakiya elchixonasi vakillari Mahorat&Management tashkilotining Yosh liderlarni qo’llab quvvatlash (YLDP) va shu kabi boshqa loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tadbir yoshlarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga, global miqyosda aloqalarni mustahkamlashga va o’zbek-slovak yoshlarining o’zaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qila oldi.