Toshkentda «Mahorat & Management» НТТning yangi ofisi ochildi
Toshkentda «Mahorat & Management» НТТning yangi ofisi ochildi
2023-yil 28-aprel kuni Toshkent shahrida “Mahorat & Management” nodavlat ta’lim tashkilotining yangi ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi xalqaro sifat ko‘rsatkichlari va xalqaro mehnat bozori talablari asosida kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish maqsadida ekspertlar, mutaxassislarni birlashtirish va ularning salohiyatini oshirishdan iborat. Maʼlumot uchun: “Mahorat & Management” NNT 2015-yilda kasb-hunar taʼlimi tashabbuskorlari ekspertlari tomonidan mustaqil ilmiy-taʼlim markazi sifatida kadrlar salohiyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. U o‘z faoliyatini kattalar ta’limi, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalari faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or shakllarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy o‘qitish usullarini keng qo‘llagan holda o‘quv rejalari va materiallarini takomillashtirish yo’nalishlarida olib bormoqda. Tadbirda “Mahorat & Management” NNT ta’sischilari Xudaynazar Kurbanov, Feruza Rashidova, tashkilotning turli ta’lim loyihalari doirasidagi hamkorlari, xalqaro ekspertlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekstilsanoat” Assotsiatsiyasi, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Mehnat bozorini tadqiqotlari instituti vakillari, shuningdek, ta’lim tizimidagi o‘qituvchilar va mutaxassislari ishtirok etdi.